Andijondagi muhtasham “O’ZBEGIM” savdo va ko‘ngilochar markazi 1 yoshda

Jamiyat 14:00 / 15.10.2017 32185

Andijon shahrining ramzlaridan biriga aylanishga ulgurgan “O‘zbegim” savdo va ko‘ngilochar markazi ish boshlaganiga bir yil to‘ldi. Shaharga tashrif buyurgan har qanday mehmon, albatta muhtasham “O‘zbegim” savdo va ko‘ngilochar markaziga tashrif buyurishi aniq.

Mazkur inshootda barcha qulayliklarni o‘zida mujassam etgan holda zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish kompleksi tashkil qilingan.  

Markazda bir vaqtning o‘zida 4000 kishini qamrab olish imkoniyati mavjud. Jumladan, kompleksda xar xil xizmat turdagi restoran va kafelar, eng oxirgi texnologiya asosida kinoteatr zallari, zamonaviy bolalar o‘yingohi, oziq-ovqat, kiyim-kechak, maishiy buyumlar savdo majmualari mijozlar xizmatida.  

Ayni paytda ushbu markazga bir kunda 15 mingdan ziyod kishi tashrif buyurayotgani undagi sharoitlar to‘kisligidan darak. Maskanda milliy taniqli brendlari bilan bir qatorda jahonga mashhur “Chilli- Mili”, “Tic-tac” xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.

“O‘zbegim” maskani o‘zining bir yoshni qarshilagan tavallud kunida aholi uchun bepul sovg‘alar, chegirmalar va turli bayram tadbirlari in'om etdi. Minglab mehmonlar sahnada taniqli estrada yulduzlari tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lib, raqslarga tushdilar. 

Ko‘proq yangiliklar: