Shavkat Mirziyoyev: «Asosiy maqsad - odamlarning daromadini oshirish»

O‘zbekiston 22:32 / 14.10.2017 19930

Shavkat Mirziyoyev Xiva tumanidagi «Rahimbergan hoji anbar» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi dalasida ilg‘or dehqon va fermerlar bilan suhbatlashdi, deb yozadi Prezidentning rasmiy sayti.

Muloqotda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, odamlar tafakkuri, mehnatga munosabatida ro‘y berayotan o‘zgarishlar haqida so‘z bordi. Fermer va dehqon xo‘jaliklari, shaxsiy tomorqalardan samarali foydalanish, takroriy ekinlar ekib, qo‘shimcha daromad topishning ahamiyati ta'kidlandi.

«Bu islohotlardan asosiy maqsad — odamlarning daromadini, yurtimiz fayzu barakasini oshirishdir. Toki ishlaganlar mehnatining rohatini ko‘rsin, xalqimiz boy bo‘lsin», dedi davlatimiz rahbari.

Ko‘proq yangiliklar: