Poroshenko: Ukraina NATOga albatta a'zo bo‘ladi

Jahon 13:26 / 14.10.2017 7718

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ishonch bildirishicha, Ukraina NATO a'zosiga aylanadi. U bu haqda Kiyevdagi Ivan Bogun nomidagi harbiy litsey o‘quvchilarining qasamyod marosimi vaqtida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Interfaks-Ukraina».

«Hech shubha yo‘qki, yoshiga qaraganda ancha katta ko‘rinadigan bu o‘smirlar kelajakda zobitlar va generallar, elchilar hamda vazirlar bo‘lishadi. Balki, bo‘lajak prezident ham shu yerda turgandir. Va hattoki – NATO bosh kotibi ham, sababi Ukraina albatta alyans a'zosiga aylanadi», - deya ma'lum qildi Poroshenko.

Shuningdek, Ukraina rahbarining ma'lum qilishicha, mamlakat qurolli kuchlariga 14 oktabr kuni 200 ta harbiy texnika, jumladan 62 ta tank topshiriladi.

«Bugun men shu yerdan to‘g‘ri qo‘shinlarga yo‘l olib, u yerda qurol-yarog‘ va texnikaning navbatdagi partiyasini topshiraman. Texnikalar orasida 62 ta tank bor», - deya ma'lum qildi Poroshenko.

Shuningdek, u ukrainalik barcha harbiylarga «qahramonlik, jasorat va fidoyilik uchun» minnatdorchilik bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: