Olimlar ta'lim va hayot davomiyligi o‘rtasidagi aloqani topdilar

Jamiyat 14:32 / 14.10.2017 8656

Britaniyalik biologlarning aniqlashicha, oliy o‘quv yurtlarida ta'lim olgan kishilar kam ma'lumotli zamondoshlaridan ko‘ra ko‘proq umr kechiradilar. Bundan tashqari, uzoq umr ko‘rish imkoniyati ortiqcha vaznga ega bo‘lmaganlar uchun yuqori bo‘ladi. Ilmiy ish Nature Communications jurnalida e'lon qilindi.

Mutaxassislar turli omillarning, shu jumladan genetik jihatlarning uzoq umr ko‘rishga ta'sirini baholadilar. Biologlarning tadqiqotlariga ko‘ra, deyarli barcha yomon odatlar DNK bilan bog‘liqdir. Ammo, genetika odamlarda ularning paydo bo‘lishini yuz foizga belgilamaydi.

Bundan tashqari, Piter Joshi va uning hamkasblari, universitetda o‘tkaziladigan har bir yil hayotni taxminan bir yilga uzaytirishini aniqladilar. Vazndagi har bir qo‘shimcha kilogramm esa uni taxminan ikki oyga qisqartiradi. Chekish ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Agar kishi kuniga bir quti sigaret chekayotgan bo‘lsa, u bu o‘z umrini yetti yilga qisqartirishini tushunishi kerak. Eng muhimi, umr ko‘rish davomiyligining ta'limga bog‘liqligidir. Britaniyalik olimlarning fikriga ko‘ra, oliy ta'lim muassasalarida o‘qish sog‘lom turmush tarziga turtki beradi, sababi yomon odatlar haqida ishonchli ma'lumot olinadi.

Ko‘proq yangiliklar: