Meksikada yangi zilzila yuz berdi

Jamiyat 09:46 / 14.10.2017 7413

Meksika qirg‘oqlarida 5,4 magnitudali yangi zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar qilmoqda.

Yer osti silkinishlari markazi Oaxaka shtatidagi San-Dionisio-del-Mar shahridan 9 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan.

Zilzila o‘chog‘i 59,5 kilometrlik yer tubida bo‘lgani aytilmoqda.

Qurbonlar yoki vayronagarchiliklar haqida ma'lumotlar hozircha yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: