KXDR o‘z uslubida: «Avstraliya falokatga yo‘liqadi»

Jahon 18:18 / 14.10.2017 19636

Shimoliy Koreya Avstraliyaning AQSh KXDR rejimiga nisbatan olib borayotgan siyosatiga qo‘shilish bo‘yicha xavfli qadamlarini qoralaydi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi tomonidan e'lon qilingan bayonotda aytiladi.

«Avstraliya so‘nggi vaqtlarda AQShning KXDRga nisbatan aqlsiz siyosiy va harbiy provokatsiyalarini faol ravishda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xavfli tendensiyani ko‘rsatmoqda», - deyiladi bayonotda.

Shimoliy Koreya Avstraliyani KXDRga harbiy, iqtisodiy hamda diplomatik bosim to‘xtatilmaydigan bo‘lsa, falokatga yo‘liqishi bilan ogohlantirdi.

Avvalroq Avstraliya KXDR terma jamoasini o‘z hududiga kiritmasligi xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: