Katta baliq oshqozonida antiqa topilma aniqlandi

Jamiyat 20:16 / 14.10.2017 36507

Kosta-rikalik baliqchilar katta korifena balig‘i oshqozonida o‘nlab kichik toshbaqalarni aniqlashdi.

Ushbu holat tasvirlangan videoda bir yigit katta o‘lchamli baliqning qornini yorayotgani va undan dengiz toshbaqalarini chiqarib olayotganini ko‘rish mumkin. Erkak baliq oshqozonidan birin-ketin 32 ta toshbaqani chiqarib oladi.

Ko‘rinishicha, baliq qarmoqqa ilinishdan oldin toshbaqalar bilan "tushlik" qilib olgan. Baxtga qarshi, toshbaqalarning barchasi o‘lik holda bo‘lgan. video oxirida yigit buni o‘ziga xos imo-ishora bilan ko‘rsatadi.

Katta korifenaning uzunligi 1,5 metrgacha yetadi va u asosan baliq, qisqichbaqasimonlar va kalmarlar bilan oziqlanadi. Bu baliq dunyodagi eng tez suzuvchi baliqlardan biri hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: