Ekspert: GM Tesla bilan kurashda boy bergan ulushini qaytarib oladi

Fan-texnika 14:24 / 14.10.2017 7002

Amerikaning General Motors konserni zararlari o‘rnini to‘ldiradi va bozordagi qachonlardir Tesla kompaniyasiga boy bergan ulushini qaytarib oladi. Wall Street tahlilchilarining so‘zlariga ko‘ra, GM sarmoyadorlarga o‘zining yuqori texnologiyali avtomobillar davrida «o‘layotgan dinozavr» emasligini isbotlaydi. 

13 oktabr kuni Barclays GM aksiyalari reytingini «neytral»dan «bozordan yuqori» darajasigacha oshirdi. Tahlilchilarga ko‘ra, investitsiyalar kompaniyaga elektromobillar va muqobil avtomobillar bozoridagi shuhratini qaytarib oladi. 

«Tesla ishlab chiqarish muammolariga duch kelayotgan bir vaqtda GM elektrlashtirish va muqobil texnologiyalar borasida sezilarli taraqqiyotga erishdi. Biz avtomobilsozlik sohasi va tashqaridagi sarmoyadorlar GM kompaniyasiga bozordagi o‘rnini qaytarib olishga yordam berishiga va shu bilan Tesla kapitallashuvi pasayishiga sabab bo‘lishini kutmoqdamiz», — degan Barclays tahlilchisi Brayan Jonson. 

U GM aksiyalari narxisi 41 dollardan 55 dollarga oshirgan. «Agar Tesla elektrokarlar uchun batareyalar arzonligi bois yetakchilikni saqlab qolishning uddasidan chiqqan taqdirda ham, alaloqibat an'anaviy avtoishlab chiqaruvchilar, ularning qamrovi va ishlab chiqarishdagi tajribasi e'tiborga olinsa, ustunlikka ega bo‘lishadi», — deb qo‘shimcha qilgan Jonson. 

Bundan tashqari, bir oylar avval Germaniyaning Deutsche Bank moliyaviy muassasasi Tesla emas, aynan General Motors kelajak muqqobil avtomobil transport vositalari uchun eng yaxshi sarmoya kiritish bo‘lishini ta'kidlagan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: