Chilonzor tumanidagi talonchilik fosh etildi

Jamiyat 10:01 / 14.10.2017 6250

2017 yilning 10 oktabr kuni tungi taxminan soat 02:30larda, muqaddam sudlangan M.R. o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumani hududida joylashgan “London” klubining yonida, fuqaro O.Ya.ning sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli bo‘lgan 1.000.000 so‘m miqdoridagi pullarini egallab olib, jinoyat sodir etilgan joydan yashiringan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan, Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik, ya'ni sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: