BAA Eron bo‘yicha AQSh strategiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

Jahon 12:37 / 14.10.2017 6268

Birlashgan arab amirliklari prezident Donald Tramp o‘z chiqishida ma'lum qilgan AQShning Eron bo‘yicha yangi strategiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Amirlik tashqi ishlar vazirligining bayonot berishicha, "Eron tuzumi mintaqada tartibsizlik va beqarorlikni tarqatishga urinmoqda", deb xabar qiladi RIA Novosti.

"Amerikaning yangi strategiyasi Eronning salbiy va nomaqbul harakatlari, uning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashishda barcha zaruriy qadamlarni tashlaydi. Mintaqaga haqiqiy xavf soladigan raketa dasturi, shuningdek "Hizbulloh" va husiylar kabi terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash kabilar shular jumlasidan", — deyiadi bayonotda. 

BAA TIVga ko‘ra, "Eron kiberhujumlar qilmoqda, qo‘shni mamlakatlar ishlariga aralashmoqda va xalqaro kema qatnoviga tahdid solayapti".

Ko‘proq yangiliklar: