APL. "Liverpul" - "MYu" bahsida g‘olib aniqlanmadi

Sport 18:32 / 14.10.2017 6488

Angliya premer ligasi 8-turining markaziy o‘yini "Enfild Roud" stadionida, "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari o‘rtasida o‘tkazildi.    

Uchrashuv golsiz durang bilan yakunlangan bo‘lsa-da, qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi. Futbolchilar maydonning har bir qarichi uchun "jang" olib borishdi.

34-daqiqada amalga oshirilgan burchak zarbasidan so‘ng, mezbonlar hisobni ochishi shart edi. Dastlab, Matip yaqin masofadan darvozani o‘qqa tutganida, De Xea aql bovar qilmas chaqqonlik bilan to‘pni qaytarishga erishdi. Qaytgan to‘pni esa Muhammad Saloh darvozaga aniq yo‘llay olmadi.

43-daqiqada Marsialning ajoyib to‘p oshirishidan so‘ng, Lukaku darvozabon bilan deyarli yuzma-yuz chiqqan edi. Ammo uning kuchli zarbasini Minole qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

56-daqiqada Gomesning oshirgan to‘pini Emre Jon darvozabon ustidan oshirib yubordi. Biroq, "dumaloq" darvoza ustidan ham oshib, to‘sin ustidan o‘tib ketdi.

O‘yin oxirida har ikkala jamoa ehtiyotkorona harakat qilib, o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishdi.

Bu natijadan so‘ng, "MYu" klubi ochkolari sonini 20taga yetkazib, 1-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, "Liverpul" 13 ochko bilan 6-o‘ringa chiqib oldi.

APL, 8-tur
Liverpul – Manchester Yunayted 0:0 

14 oktabr, «Enfild» stadioni
Liverpul – Minole, Matip, Moreno, Gomes, Lovren, Koutino (Starrij, 79), Veynaldum, Firmino, Jon, Saloh (Oksleyd-Chemberlen, 78), Henderson.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Darmian, Valensiya, Jons, Yang, Matich, Errera, Mxitaryan (Lingard, 63), Marsial (Reshford, 65), Lukaku.
Ogohlantirish: Smolling (74).

Ko‘proq yangiliklar: