AQShda Disney multfilmidagi kabi antiqa ot turi yetishtirildi

Jamiyat 21:04 / 14.10.2017 27795

AQShda Disney kinostudiyasi multfilmidagi uchqur ot ko‘rinishidagi ot turi chiqarildi. Bu otning tumshug‘i ancha egilgan holda bo‘lib, u katta burun teshiklari va katta ko‘zlarga ega. Veterinarlar bu ot xususida bong urmoqdalar: ularning fikricha, ushbu otda noodatiy ko‘rinishi tufayli nafas olishda muammolar chiqadi. Ot egalari esa buning aksini ta'kidlab, ot sog‘lig‘ida hech qanday muammolarga duch kelmasligini aytmoqdalar. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Bu ot arab zotiga mansub bo‘lib, u Vashingtondagi fermada yetishtirilgan. Ferma egalari otni "mukammallikka qadam" deb atashmoqda. Uning narxi millionlab dollarga baholanmoqda. 

Mutaxassislar bu kabi "tajribalar"ga qarshi chiqishmoqda. Britaniyalik veterinar Tim Gritning ta'kidlashicha, arab otlari tumshug‘i egilganroqligi bilan ma'lum bo‘lsa-da, biroq bu otning tumshug‘i "haddan tashqari egilvorilgan". Uning qo‘shimcha qilishicha, bu turdagi  deformatsiyalar bilan otning itlarga nisbatan nafas olishi qiyin bo‘ladi. Bunday tajribalar itlarda ham o‘tkazilmoqda.

"Itlar odamlar kabi og‘zi bilan nafas ololadi, biroq otlar faqat burni bilan nafas oladi. Fikrimcha, bu otning jismoniy faolligi cheklanadi", deb aytgan mutaxassis.

Ko‘proq yangiliklar: