Jurnalistlarni «qishloqi» deb haqoratlagan O‘FF vakili ishdan bo‘shatildi

Sport 15:00 / 13.10.2017 23437

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining tarkibiy tuzilmasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar doirasida xalqaro bo‘lim tubdan isloh qilindi. Shu paytgacha xalqaro bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Aleksandr Davidenko va uning yordamchisi Sherzod Egamberdiyevlar o‘z lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, Sherzod Egamberdiyev O‘FFning oldinroq, o‘zbekistonlik jurnalistlarni «qishloqi» deya haqoratlagan va o‘sha paytdagi jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanning past natijalariga qaramay, unga haykal qo‘yish lozimligini ta'kidlagandi.

Xalqaro aloqalar boshqarmasi sifatida yangi tashkil qilingan strukturaga Olim Arifov rahbarlik qiladigan bo‘ldi.

Ma'lumot uchun: Olim Arifov 1987 yilda Toshkentda tug‘ilgan. O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetini tamomlagan. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasida 10 yil davomida turli lavozimlarda ishlagan. Ingliz, rus va o‘zbek tillarida erkin so‘zlasha oladi.

Olim Arifovning yordamchisi sifatida turli tashkilotlar, shu jumladan sport federatsiyalarida ishlab kelgan Diyor Isomiddinov ish boshladi.

Hozirgi kunda xalqaro aloqalar boshqarmasining boshqa lavozimlariga ham yangi nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: