X5 Retail Group "Perekrestok-Ekspress" tarmog‘ini sotadi

Iqtisodiyot 16:25 / 13.10.2017 3094

Rossiyaning X5 Retail Group chakana savdo firmasi "ekspress" shaklidagi do‘konlari tarmog‘ini sotishni rejalashtirmoqda. Kompaniya saytida shu haqda ma'lum qilingan. 

"X5 3 ta asosiy savdo shakllari - "Pyaterochka" universamlari, "Perekrestok" supermarketlari va "Karusel" gipermarketlariga e'tibor qaratishga qaror qildi. Moskvada joylashgan hamda kichik maydonlarga joylashtirilgan birmuncha "qulay" hisoblanuvchi "Perekrestok-Ekspress" do‘konlari sotuvga qo‘yiladi", - deyiladi xabarda. 

Avvalroq, X5 Retail Group 2017 yil 9 oyiga doir amaliy natijalarini e'lon qilgan edi. Unda aynan "Ekspress" daromadi kamligi ko‘zga tashlanadi. Ushbu do‘konlar tarmog‘ining yanvar-sentabr oylaridagi tushumi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11 foizga pasyib, 7,3 mlrd rublni tashkil etgan. 

X5 Retail Group – Rossiyaning yetakchi oziq-ovqat chakana savdo kompaniyasi hisoblanadi. Umuman, guruh 2017 yil 30 sentabr holatiga ko‘ra, 11 ming 326 ta turli kattalikdagi do‘konlarga ega. 

Ko‘proq yangiliklar: