Vladimirdagi YTH: so‘nggi jasad Toshkentga olib kelindi

O‘zbekiston 08:06 / 13.10.2017 30965

2017 yilning 12 oktabr kuni soat 17:55da «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning samolyotida Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida vafot etgan O‘zbekiston fuqarosi J.Usmonovning jasadi Toshkentga olib kelindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Vafot etgan J.Usmonov FVVning maxsus avtotransportida Surxondaryo viloyatiga olib ketildi.

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 6 oktabr kuni Moskva vaqti bilan soat 03:39da Vladimir viloyatining, Petushin tumanidagi Pokrov temir yo‘l stansiyasida poyezd va avtobus to‘qnashuvi sodir bo‘lgan. YTH natijasida 16 nafar O‘zbekiston fuqarolari vafot etgan, ulardan 15 nafarining jasadlari 2017 yilning 8 oktabr kuni O‘zbekiston Harbiy havo kuchlarining maxsus bortida respublika hududiga olib kelingan edi.

Vladimirdagi YTH oqibatida vafot etgan barcha fuqarolarning shaxsi aniqlandi

Ko‘proq yangiliklar: