Shvetsiyada otishma sodir etildi, jabrlanuvchilar bor

Jahon 07:41 / 13.10.2017 3697

Shvetsiyaning janubidagi Trelleborg shahri markazida sodir etilgan otishmadan keyin 4 kishi o‘qotar jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilganlar. Shu sababli politsiya bir necha gumonlanuvchini ta'qib qilayotgani va ehtimol bu bir kishi bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

Tez yordam mashinalari jabrlanuvchilarni Malmyo va Lund shaharlari shifoxonalariga yetkazganlar. Bu haqda Trelleborg politsiyasi vakillari ma'lum qilishdi. 

Ta'kidlanishicha, otishma haqidagi xabar 12 oktabr mahalliy vaqt bilan soat 22:30larda kelib tushgan.

Barcha jabrlanuvchilar erkaklar bo‘lib, hozircha ularning ahvoli haqida hech narsa ma'lum qilinmagan. Huquq-tartibot idoralari voqea joyini ekspertiza o‘tkazish uchun o‘rab olishgan.

Ko‘proq yangiliklar: