Pochtachi yong‘indan keyingi bo‘m-bo‘sh shahar bo‘ylab pochta tarqatdi (video)

Jamiyat 23:43 / 13.10.2017 14283

Havo kinooperatori Duglas Tron uchuvchisiz qurilmadan Kaliforniyaning yong‘indan jabr ko‘rgan Santa-Roza shahrida pochta tashuvchi yuk mashinasini tasvirga oldi. Mashina bir necha daqiqa davomida bo‘m-bo‘sh ko‘chalar bo‘ylab harakatlangan. The Mercury News nashriga ko‘ra, yonib kul bo‘lgan shahar bo‘ylab pochtaning yetkazilishi bu yerdan evakuatsiya qilingan oilalarning talabiga ko‘ra amalga oshirilgan.

"Pochtachi shaxsiy buyumlarini olish uchun shaharga qaytishni rejalashtirgan bir necha mahalliy aholi iltimosini bajarayotgan bo‘lgan. Ba'zi kishilar agar pochta omon qolgan bo‘lsa, u yerga jo‘natmalarni tashlab ketishni so‘rashgan".

Noemi Luna, mintaqaviy amaldor

Shimoliy Kaliforniyaning o‘rmon yong‘inlari bir necha kundan beri davom etmoqda. Bugunga qadar 20 kishining halok bo‘lgani, 3.5 ming uyning kulga aylangani va 300dan ziyod kishining bedarak yo‘qolgani haqida ma'lum qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: