Olimlar shizofreniyaga qarshi tabletka yaratishmoqda

Jamiyat 09:52 / 13.10.2017 6660

Virjiniya shtati (AQSh) universiteti tadqiqotchilari shizofreniyadan kuchli ta'sir etuvchi klozapin preparati bilan davolangan bemorlarning miya faoliyatini yaxshilovchi ingibitorlarni sinash ishlariga kirishdilar, deb xabar beradi Nature jurnali.

Olimlarning fikricha, kognitiv funksiyalarni tiklash vorinostat sifatida tanilgan gistondeatsetilaz maxsus ingibitorini joriy etish tufayli yuzaga kelgan. Tanlangan terapiya qisqa muddatli xotira uchun javob beradigan mGlu2 metabotrop glutamat retseptorlarning o‘rtacha darajasini saqlab qolish imkonini bergan.

2012 yildan buyon olimlar miyaning hujayra faoliyati uchun javob beruvchi ikkinchi turdagi gistondeatsetilazning darajasini nazorat qilishga urinib kelishadi. Biroq faqat 2017 yilga kelib kemiruvchilar ustida o‘tkazilgan tajribalar daslabki maqbul natijalarni bera boshladi: laboratoriya sichqonlarining hujayra faoliyati, oqsil ferment qilishi va umumiy holati yaxshilandi. Bazaviy hujayra jarayonlarining o‘xshashligi e'tiboridan, olimlar yaqin orada shizofreniya va bipolyar xastalikni davolash uchun universal tabletkalar yaratishlari mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: