OAV: Xitoy umumiy qiymati 13,4 mlrd dollarlik yo‘l qurilishini boshladi

Jamiyat 09:45 / 13.10.2017 11542

Xitoy hukumati Ibin-Panchjixua tezkor avtomagistral qurilishini boshladi. U mamlakat hududida qachonlardir amalga oshirilgan shu kabi transport loyihalari orasida eng qimmati hisoblanadi. Zhongguo Sinvenvan axborot portalining xabar qilishicha, mazkur loyihaga sarmoya kiritish hajmi 88,6 mlrd yuanni (13,4 mlrd dollar) tashkil etadi. 

Ushbu zamonaviy avtoyo‘l janubi-g‘arbiy Sichuan viloyatining tog‘li hududlaridan o‘tadi. Uning uzunligi 450 kmni tashkil etadi. Yo‘lning har bir kilometriga 30 mln dollardan ortiq mablag‘ sarflanadi. Uning foydalanishga topshirilish muddati ma'lum qilinmagan. 

Yangi yo‘l qurilishi bilan Xitoyning eng yirik Yantszi daryosi boshlanadigan Ibin shahri tog‘-kon va gidroeyenergetika zaxiralariga boy Panchjixua shahri bilan bog‘lanadi. Loyiha Xitoyning iqtisodiy qoloq tumanida qashshoqlikka barham berishda yordam berishi aytilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: