Meksika va Kanada NAFTA kelishuvi ustida birgalikda ishlaydi

Jahon 09:16 / 13.10.2017 2439

Meksika va Kanada Shimoliy Amerika erkin savdo hududi-NAFTA kelishuvini takomillashtirish bo‘yicha birgalikda ishlashga kelishib oldi. Bu haqda Meksika TIV xabar qilmoqda. Unga ko‘ra, Meksika prezidenti Enrike Penya Neto Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan uchrashuvida shunday natijaga erishilgan.

"Prezident Enrike Penya Neto va bosh vazir Jastin Tryudo NAFTA bitimi uch mamlakatga ham foydali bo‘lishi maqsadida uni yangilash bo‘yicha qarashlari yakdilligini bildirishdi", — deyiladi vazirlikning Twitter sahifasida.

Keyinroq, buni Meksika va Kanada rahbarlari Mexikoda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ham tasdiqlashdi. 

Meksika yetakchisiga ko‘ra, uning mamlakati NAFTA bitimini o‘zaro foydali shartlarda saqlab qolish tarafdori. 

Kanada bosh vaziri esa, NAFTA bitimini davom ettirish ishtirokchi mamlakatlar iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashning eng yaxshi yo‘lidir. 

Ko‘proq yangiliklar: