Xitoylik ayolning kir yuvish mashinasidan 52 kg'li ilon topildi

Jamiyat 20:49 / 13.10.2017 36141

Xitoyning Guandun provinsiyasida yashovchi ayolning kir yuvish mashinasidan 52 kilogrammli ilon topildi. People's Daily, China shu haqida xabar berdi. 

Ayol kir yuvish mashinasi ichidan shubhali shovqin eshitgan, borib ochsa, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, uyqudagi ilonni ko‘rgan. Sudralib yuruvchi qanday qilib u yerga kirib qolganiga aniqlik kiritilmagan.

Yovvoyi hayvonlarni qutqarish va reabilitatsiya qilish markazi vakillari ilonni olib ketishgan. Ta'kidlash joizki, Xitoyda oddiy ilon ham muhofazalanuvchi jonivor turi hisoblanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: