«Xayr, YuNeSKO» - AQShdagi butunjahon merosi obektlari (foto)

Jahon 09:39 / 13.10.2017 17621

Qo‘shma Shtatlar YuNeSKOdan 2018 yil dekabr oyi oxiriga qadar chiqish niyatida ekanini ma'lum qildi. Unga qadar esa davlat tashkilot a'zosi bo‘lib qoladi. Davlat departamentidan xabar berishlaricha, BMTning ilm-fan, ta'lim va madaniyat bo‘yicha muassasasidan chiqish to‘g‘risidagi qarorga osonlik bilan kelinmagan, biroq u «YuNeSKOdagi qarzdorlik oshib borayotganidan tashvishda ekanlikni aks ettiradi». 

Jahon merosi obektlari ro‘yxatida hammasi bo‘lib 1073 ta obekt bor, ulardan AQSh hududi hissasiga 23 tasi to‘g‘ri keladi, ya'ni umumiy sondan 2,1 foiz. O‘ntasi insoniyat tafakkurining shoh asarlari sifatida tan olingan bo‘lsa, 13 tasi juda go‘zal tabiat fenomeni sanaladi. Quyida AQShdagi butunjahon merosi ba'zi obektlarining surati taqdim etiladi.

Foto: USGS/ZUMA Press/Global Look Press

Havayidagi «Havayi-Volkeynos» milliy bog‘i

Foto: Christian Handl/imageBROKER/Global Look Press

Vayoming, Montana va Aydaho shtatlari hududida joylashgan Yyellouston milliy bog‘i

Foto: Brian Spurlock/Icon Sportswire/Global Look Press

Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali

Foto: Marcus Siebert/imageBROKER/Global Look Press

Floridadagi Evergleyds milliy bog‘i

Foto: Stefan Auth/imageBROKER/Global Look Press

Koloradodagi Mesa-Verde milliy bog‘i

Foto: Bastiaan Slabbers/Global Look Press

Filadelfiyadagi Independens-holl

Foto: Adam Jones/Global Look Press

Kentukkidagi «Mamont bog‘i» milliy bog‘i

Foto: ZUMA Press/Global Look Press

Nyu-Meksikodagi Taos-Pueblo hindular qishlog‘i

Foto: Michael Weber/imageBROKER/Global Look Press

Arizonadagi Grand-Kanon milliy bog‘i

Foto: Luc Novovitch/Danita Delimont/Global Look Press

Nyu-Meksikodagi Chako milliy tarixiy bog‘i

Ko‘proq yangiliklar: