Yerga juda yaqin masofadan 2012 TC4 asteroidi uchib o‘tdi

Jahon 07:49 / 13.10.2017 17007

12 oktabrda 2012 TC4 asteroidi Yerga juda yaqin masofadan uchib o‘tdi. Bu haqda NASA saytida ma'lum qilindi.

Samo jismi diametri turli ma'lumotlarga ko‘ra, 15 metrdan 30 metrgachani tashkil qiladi va u Yerdan bor-yo‘g‘i 50 ming km uzoqdan uchib o‘tdi. 

"Koinot o‘lchovlariga ko‘ra bu masofa juda ham yaqin hisoblanadi. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, Oy bizdan 7 marta uzoqroqda joylashgan", deb aytdilar olimlar.

NASA mutaxassislari asteroidning uchib o‘tishini videoga olishdi.

Ko‘proq yangiliklar: