Ahrol Inoyatov halol o‘yinlar uchun mas'ul ofitser lavozimidan ozod etildi

Sport 10:15 / 13.10.2017 22431

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi xavfsizlik boshqarmasining halol o‘yinlar uchun ma'sul ofitseri Ahrol Inoyatov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqdagi qaror O‘FFning navbatdagi majlisida qabul qilindi. 

Ahrol Inoyatov O‘zbekistondagi futbol musobaqalarida kelishilgan o‘yinlarni aniqlash bo‘yicha Ekspertlar qo‘mitasi raisi sifatida ham faoliyat olib borgan edi.  

Hozirgi kunda xavfsizlik boshqarmasining halol o‘yinlar uchun ma'sul ofitseri lavozimiga yangi nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: