Apple egiluvchan ekranli iPhone ishlab chiqishga kirishdi

Fan-texnika 15:45 / 13.10.2017 7927

Amerikaning Apple korporatsiyasi egiluvchan iPhone ishlab chiqishni boshladi, deb xabar qilmoqda Investor nashri. 

Qayd etilishicha, LG Display yangi iPhone smartfoni uchun egiluvchan OLED-ekranni ishlab chiqish uchun jamoani tashkil etdi. Bundan tashqari LG Innotek egiluvchan va chidamli platani ishlab chiqish ustida ish boshlab yuborgan. 

Xabar qilinishicha, Samsung bukiluvchan smartfonini kelgusi yilda havola etadi. Apple  esa bunday displeylarni 2020 yilda ishlab chiqarishni boshlashi mumkin. 

Ayni vaqtda Samsung yangi iPhone X smartfoni displeylarining yagona yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Apple bevosita raqobatchisidan uzoqlashish hamda maxfiy rejalari oshkor bo‘lishining oldini olish maqsadida LG Display bilan hamkorlikni kuchaytira boshladi. 

Ko‘proq yangiliklar: