APLda oyning eng yaxshilari aniqlandi

Sport 16:10 / 13.10.2017 9400

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya premer-ligasining sentabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda premer-liga rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Kataloniyalik mutaxassis bu sovrin uchun kurashda Maurisio Pochettino («Tottenhem»), Joze Mourino («Manchester Yunayted») va Arsen Vengerni («Arsenal») ortda qoldirdi.

Sentyabr oyida «Manchester Siti» APL doirasidagi to‘rtta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi. Bu uchrashuvlarda «Liverpul» (5:0), «Uotford» (6:0), «Kristal Pelas» (5:0) va «Chelsi» (1:0) mag‘lub etildi.

Bu Gvardiolaning APLga kelganidan buyon oyning eng yaxshi murabbiyi sifatidagi ikkinchi sovrini bo‘ldi.

Oy futbolchisi

«Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn Angliya Premer-ligasining sentabr oyi yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi futbolchi deb topildi.

«Shporlar» hujumchisi sentabr oyida 4 uchyarashuvda 6ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. U bu sovrinni beshinchi marta qo‘lga kiritdi va bu borada hozirdanoq Ueyn Runi va Robin van Persiga tenglashib oldi. Bu sovrinni eng ko‘p qo‘lga kiritgan futbolchi «Liverpul» yarimhimoyachisi Stiven Jyerrard bo‘lib, u 6 marta bunday yutuqqa erishgan.

Oyning eng chiroyli goli

«Manchester Yunayted» himoyachisi Antonio Valensiya Premer-liganing sentabr oyidagi eng chiroyli goli muallifi bo‘ldi.

Ekvadorlik futbolchi APL 5-turining «Everton»ga qarshi uchrashuvida (4:0) hisobni ochuvchi golga mualliflik qilgandi.

«Sovrinni yutganimda xursandman. Menga ovoz bergan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. O‘yinni omadli boshlash orqali «Everton»ni mag‘lubiyatga uchratishimiz oson kechgandi va biz uch ochkolik bo‘lgandik.Shu boisdan ham bu gol bilan faxrlanaman», — degan Valensiya.

Ko‘proq yangiliklar: