AQSh va Yaponiya robotlari qo‘l jangi bo‘yicha bellashadi

Fan-texnika 12:00 / 13.10.2017 7677

AQShning MegaBots va Yaponiyaning Suidobashi Heavy Industry kompaniyalari tomondan yaratilgan odam ko‘rinishidagi jang robotlari qo‘l jangi bo‘yicha bellashadigan bo‘ldi.

6 tonnadan ko‘proq vaznga ega ikki robotning dunyodagi ilk olishuvi 17 oktabrda bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda TechCrunch portali.

Ikki robotning jangi bo‘yicha muzokaralar 2017 yil boshidan olib borilgan va shu ma'lum bo‘ldiki, jang 12 tonnalik va balandligi 5 metr bo‘lgan MegaBot Mk.III va 4 metr balandlik va 6,5 tonnaga ega bo‘lgan Kuratas robotlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. 

Robotlar dueli Twitch videoservisi orqali 17 oktabrdan 18 oktabrga o‘tar kechasi namoyish qilinadi. AQSh va Yaponiyadan tashqari, bunday robotlarni yaratish bilan Xitoy shug‘ullanadi. Xitoylik muhandislar tomondan Monkey King roboti yaratilgan. AQSh vakillarining aytishlaricha, agar ularning roboti yapon robotini yutsa, unda ular Xitoy robotini jangga chorlaydilar.

Ko‘proq yangiliklar: