2,5 mln. so‘mni talonchilik bilan egallab olgan shaxslar ushlandi

Jamiyat 08:36 / 13.10.2017 5026

2017 yilning 10 oktabr kuni taxminan soat 20:00larda, I.Y., J.J., J.J. va S.R. o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani, 19-mavze hududida joylashgan “Paynet” shoxobchasining yonida fuqaro M.M.ning sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, uning yonidagi 2.500.000 so‘m miqdoridagi pullarini egallab olib, jinoyat sodir etilgan joydan yashiringanlar

Mazkur holat yuzasidan, Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (talonchilik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: