O‘zbekiston-Rossiya harbiy hamkorlik rejasi Dushanbeda imzolanadi

O‘zbekiston 12:14 / 12.10.2017 9730

O‘zbekiston va Rossiya harbiy idoralari 2018 yil uchun ikki tomonlama hamkorlik rejasini MDH davlatlari mudofaa vazirlari Kengashi yig‘ilishida imzolashi mumkin, deb xabar bergan Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi harbiy attashesi Sergey Chernishev.

Sergey Chernishevning ta'kidlashicha, hozirda keyingi yil uchun har ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rejasini imzolashga yaqin kelindi: uni harbiy mahkamalar rahbarlari MDH mudofaa vazirlari Kengashining Dushanbe shahridagi uchrashuvi chog‘ida imzolashni rejalashtirishgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu rejada, xususan, ikki mamlakat o‘rtasida yangi harbiy mashqlarni o‘tkazish nazarda tutilmoqda, deb xabar qilgan vesti.uz.

Ko‘proq yangiliklar: