Toshkentda rassom Andrey Yesionov asarlarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Jamiyat 10:50 / 12.10.2017 19250

15 oktabr soat 16:00da O‘zbekiston Davlat san'at muzeyida taniqli rassom Andrey Yesionov asarlari ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma “Daryoga ikki marotaba kirish” deb nomlanib, unda mehmonlar rassomning eng sara asarlarini tomosha qilish mumkin.

A. Yesionov ijodi – majoziy (metaforik) usulning yorqin namunasi. Uning asarlarida, texnikadan qat'i nazar (moybo‘yoq, akvarel), ma'nolar chuqurligi asarlarning obrazli tuzilishi darajasida namoyon bo‘ladi. Uning obrazlari, asosan, meditativ, “o‘ziga” chuqurlashgan, qahramonlari o‘z hayoti to‘g‘risida, ularni qurshab turgan dunyo taqdirlari to‘g‘risida o‘yga cho‘mgan. Bu holat ayniqsa portretlarda seziladi.

 Ko‘pincha rassom o‘z asarlarida ideal modellovchi obrazli tuzilmalarni yaratadi. Ularning asosiy xususiyati odamlar, makonlar, shaharlar – «Moskva. Varvarka», «Isroil. Arab mavzesiga kirish yo‘li», «Parij. Muqaddas Rox cherkovi»ning muayyan ideal (go‘zal, adolatli, uyg‘un) obrazlarini yaratishdan iborat. Rassom o‘z obrazlarini ideallik va uyg‘unlik to‘g‘risidagi shaxsiy tasavvurlariga asoslanib shakllantiradi.

Rassom asarlaridagi uyg‘unlik va vazminlikni gavdalantiruvchi qahramonlar odamovi, o‘z xayoliga cho‘mgan bo‘lib ko‘rinadi, bu «meditativ» obrazlar bilan parallel o‘tkazish imkonini beradi. «Rim uyg‘unligi», «Florensiya sohibjamoli» asarlaridagi obrazlar bizda shunday taassurot qoldiradi.

A. Yesionov ijodida Makon va Zamon toifasi talqini alohida o‘rin egallaydi. U ushbu rassomlik san'atiga xos omillarni mazmundor sifatga aylantirdi. «Nasiyaga aldanish», «Daryoga ikki marta kirish», «Talab bo‘yicha to‘xtash», «Parallel reallik» kabi asarlar makoni har xil usullarda, turli his-tuyg‘u holatlarida yaratilgan, biroq ularni kengaytirilgan talqin birlashtiradi.

Makoniy tavsiflar bilan zamon tavsiflari ham uyg‘un bog‘langan. Bu yerda ular bilan yorqin muloqot an'analari ham seziladi. “Hozir, endi” tamoyili o‘rnini ko‘p bosqichli va ko‘p tuzilmali zamon tavsiflari egallaydi. Ko‘pincha kartinalarda turli davriy parchalar yagona makon muhitida yonma-yon keltiriladi, garchi ushbu uslub allaqachon paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, u bugungi kunda yangicha sifatga ega bo‘ldi. U muallif turli vaqtdagi voqea-hodisalar to‘g‘risida hikoya qilishdan ko‘ra ularning ichki mantig‘ini ochib berishga intiladi. «Ikki yuz aksi», «Ruhiy omil», «Snouden tushlari», «Lyusifer» asarlaridagi voqealar qachon va qayerda yuz berganligini, umuman yuz berishi yoki yuz bermasligini aniqlash qiyin. Ularda qandaydir chegara bilmas zamon davomiyligi namoyon bo‘ladi. Zamonning jarayon sifatida talqin qilinishi A. Yesionov ijodida yetakchi o‘rinni egallaydi.

So‘nggi damlarda rassom ko‘p vaqtini urbanizm va texnisizmning tabiatga, umuman ekologiyaga halokatli ta'sirini aks ettiruvchi asarlarga bag‘ishladi. Xususan, «Orol falokati» asarida ko‘plab ofatlar va umidsizliklarga sabab bo‘lgan katta ekologik halokat aks ettirilgan. Tinch, vazmin asar kompozisiyasi bir qarashda janrligi bilan ajralib turadi. Biroq tasvir mohiyatini anglash paytida tasodifan tomosha qilingan manzaradan kishini zirqirab og‘ritadigan chorasizlik hissi qamrab oladi.

Shu tufayli A. Yesionov asarlarida plastik madaniyat estetik jihatdan to‘g‘rilangan, badiiy ahamiyatini saqlagan holda ifodalanadi. Uning kuchli nur va rang bilan to‘ldirilgan bo‘yoqli rasmlari polotno makonini yorib chiqadi va asar karkasiga xarsangparcha kabi o‘rnashadi. U o‘z asarlarining kompozitsion tuzilishi ustida juda erkin va tabiiy ishlaydi. Umuman kasbiy malakalar – Andrey Yesionov ijodining yeng kuchli tomoni hisoblanadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: