OAV: Rio-de-Janeyro sobiq gubernatori 15-marta korrupsiyada ayblanmoqda

Jahon 11:00 / 12.10.2017 2891

Braziliya federal sudyasi Marselu Bretas prokuratura so‘rovini qanoatlantirdi. Qonun nazoratini amalga oshiruvchi idora Rio-de-Janeyro shtati sobiq gubernatori Serjiu Kabraluni yana bir bor korrupsiyada ayblashni so‘ragan edi. Bu haqda Estado de San Paulo gazetasi xabar qilmoqda.

Sobiq mulozim 15-marotaba korrupsiya jinoyatini sodir etganlikda ayblanmoqda. Yangi jarayon “Adolatsiz o‘yin” deb nomlangan jinoiy ishga aloqadorligi aytilmoqda. Ushbu ish doirasida Olimpiada-2016 mezbonini aniqlab olish arafasida XOQ a'zolarini sotib olish o‘rganilmoqda. Tergov tomoniga ko‘ra, Braziliya MOQ sobiq rahbari Karlos Artur Nuzman ovoz berish jarayonida Rio-de-Janeyro g‘alaba qozonishi uchun 2 mln dollar pora bergan. U oktabr oyi boshida hibsga olingan edi.

Pullar, taxminlarga ko‘ra, tadbirkorlar Artur Sezar de Menezes va Eliani Pereyru Kavalkantelardan olingan. Buning evaziga ular Rio-de-Janeyro shtati hukumatidan foydali buyurtmalar olgan. O‘sha vaqtda shtatga Kabral rahbarlik qilib kelgan.

Shtatga 2007-2014 yillarda rahbarlik qilgan sobiq mulozim o‘tgan yilning 17 noyabrida ushlangan edi. 

Keyinroq, sobiq gubernatorga nisbatan korrupsiya bilan bog‘liq 14 ta jinoiy ish ochildi. Ulardan biri bo‘yicha shu yilning iyun oyida 14 yil 2 oyga, ikkinchisi bo‘yicha 45 yilga ozodlikdan mahrum etildi. 

Ko‘proq yangiliklar: