Lombardlar ustav fondining minimal miqdori o‘zgardi 

O‘zbekiston 11:10 / 12.10.2017 13581

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining «Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi PQ-3270-son «Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qildi:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2003 yil 22 sentabrdagi 23/3-son qarori bilan tasdiqlangan lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, 8-bandda tegishli tashkiliy-huquqiy shakl uchun qonunchilik bilan belgilangan miqdor 500 mln. so‘m etib o‘zgardi.

Shuningdek, amaldagi lombardlar 2019 yilning 1 yanvariga qadar ustav fondining minimal hajmini Ilovaning 8-bandiga muvofiq o‘rnatilgan minimal talablarga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rishlari shart. 

Ko‘proq yangiliklar: