«Qirg‘izistonda Markaziy Osiyo tarixidagi eng erkin va eng halol saylovlar bo‘ladi» - The Guardian

Jahon 12:39 / 12.10.2017 9711

«Qirg‘izistonda bo‘lajak prezidentlik saylovi bilan g‘ayrioddiy nimadir yuz bermoqda – saylovlarga juda yaqin vaqt qoldi, ammo kim g‘alaba qozonishini haligacha hech kim bilmaydi», - deb yozadi mashhur The Guardian nashri. 

Maqola muallifi Shon Uolkerning so‘zlariga ko‘ra, saylovlarning soxtalashtirilishi bilan mashhur bo‘lgan mintaqada Qirg‘iziston g‘alati ravishda ajralib turibdi. O‘tgan 12 yil ichida 6 million aholiga ega bo‘lgan Sovetlar Ittifoqining sobiq mamlakati ikki inqilobni boshidan o‘tkazdi. Hozirda u chalkash, biroq demokratiya ishlayotgan davlatdir.

«Bu Markaziy Osiyo tarixidagi eng erkin va eng halol saylovlar bo‘ladi. Mintaqaning boshqa joylarida hozirgi prezidentning qancha foiz ovoz olishigina yagona intriga bo‘lgan masaladir. Ayni paytda esa biz Qirg‘izistonda kim g‘alaba qozonishini bilmayapmiz», - deya Qirg‘izistondagi g‘arblik diplomat so‘zlarini keltiradi nashr.

Qirg‘iziston 1991 yilda mustaqillikka erishgan sobiq Sovetlar Ittifoqining Markaziy Osiyodagi beshta davlatidan biri. 2005 yilda davlatda yuz bergan lola inqilobi Asqar Aqayevni hokimiyatdan chetlatgan bo‘lsa, 2010 yilgi tartibsizliklar vaqtida Kurmanbek Bakiyev mamlakatdan qochib ketdi.

Ikkinchi inqilobdan keyin Qirg‘iziston konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritildi, unga ko‘ra, prezident bu lavozimni faqat 6 yil davomida egallashi mumkin. Almazbek Atamboyev 2011 yilgi saylovlarda g‘alaba qozondi va endi iste'foga chiqishga tayyorlanmoqda. Agar hammasi yaxshi o‘tadigan bo‘lsa, ushbu saylovlar demokratik yo‘l bilan saylangan prezident o‘z lavozimini boshqasiga tinchlik bilan topshirgan mamlakat tarixidagi birinchi holatga aylanadi.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari 15 oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: