BMT bosh kotibi o‘rinbosari rohingya inqirozini muhokama qilish maqsadida Myanmaga boradi

Jahon 10:40 / 12.10.2017 3380

BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Jyeffri Feltman 13-17 oktabr kunlari Myanmaga tashrif buyuradi. U rohingya musulmonlari istiqomat qiladigan Rokhayn shtatidagi inqirozdan chiqish yo‘lini topishga urinib ko‘radi. Bu haqda chorshanba kuni tashkilotning matbuot xizmati ma'lum qildi. 

“Feltman Myanma bilan qalin hamkorlikda ushbu shoshilinch masalalarni hal etish maqsadida maslahatlashuvlar o‘tkazadi”, - deyiladi xabarda. U muzokaralar chog‘ida Myanma va BMT o‘rtasida amaliy muloqotni yo‘lga qo‘yishga urinib ko‘radi. 

Xalqaro migratsiya tashkilotining 29 sentabrdagi ma'lumotlariga binoan, Myanmadan Bangladeshga qochib o‘tgan rohingya musulmonlari soni 520 mingga yaqinlashib qolgan. 

Ko‘proq yangiliklar: