Alibaba ilmiy tadqiqot ishlariga 15 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Fan-texnika 12:04 / 12.10.2017 3431

Xitoyning yirik onlayn riteyleri Alibaba Group Holding kelasi 3 yil mobaynida xorijiy tadqiqot markazlari ochish hamda yangi texnologiyalar ishlab chiqishga 15 mlrd dollardan ortiqroq mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda. Business Insider ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya jami 7 ta tadqiqot markazlarini tashkil etadi. Ular Xitoyning Pekin va Xanchjou, AQShning San-Mateo va Belvyu, Rossiyaning Moskva, Isroilning Tel-Aviv shaharlarida hamda Singapurda joylashadi.

Bundan tashqari, Alibaba butun dunyo bo‘ylab 100 nafar mutaxassisni yollab, sun'iy aql ustida izlanishlar olib bormoqchi. Ular, shuningdek, «buyumlar interneti», moliyaviy texnologiyalar va kvant hisoblari bilan shug‘ullanishadi. 

«Alibaba DAMO Academy yangi avlod ishlanmalari boshida turadi va Alibaba hamda uning hamkorlarining o‘sishiga turtki beradi», — degan kompaniya texnika direktori Jyeff Chjan. Uning so‘zlariga ko‘ra, akademiyani tashkil etish mijozlari sonini 2 mlrdga yetkazish va yaqin 20 yilda 100mln ishchi o‘rnini tashkil etish imkonini beradi. 

Bugungi kunda Alibaba kompaniyasida 25 ming muhandis va olimlar ishlaydi. O‘tgan yili Xitoy giganti va uning shoxobchalari tezda kengayib, bugungi kunda Amerika riteyleri Amazon kompaniyasi bilan bevosita raqobat qilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: