Turkiyada neftni qayta ishlovchi zavodda portlash ro‘y berdi, qurbonlar bor

Jahon 14:45 / 11.10.2017 4543

Tupras kompaniyasining Turkiya g‘arbidagi Izmir viloyati Aliog‘a tumanida joylashgan neftni qayta ishlash zavodida portlash ro‘y berdi. Buning oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani haqida NTV telekanali xabar qilmoqda. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, halokat neft omborida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari chog‘ida ro‘y bergan. Portlashdan so‘ng yong‘in yuz bergan. 

Anadolu agentligining Aliog‘a tumani rahbari Bayram Yilmazning aytishicha, yana ikki kishi jarohat olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, fojia ancha vaqtdan beri foydalanilmayotgan neft omboriga texnik xizmat ko‘rsatish chog‘ida sodir bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: