Toshkent yuridik kollejida pichoqlashganlar avval jinoiy ishlar ishtirokchilari bo‘lishgan

Jamiyat 13:00 / 11.10.2017 27882

Toshkent yuridik kollejida pichoqlashgan o‘quvchilar ta'lim maskanining ichki ro‘yxatida bo‘lgan va qator jinoiy ishlar ishtirokchilari hisoblangan. NUZ.UZ sayti muxbirining aniqlashicha, pichoqlanganidan so‘ng, hayotdan ko‘z yumgan marhum Asadbek Parpiboyevga nisbatan shu yilning sentabr O‘zR JK 109-moddasi, ya'ni yengil tan jarohatlari yetkazish alomatlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lgan. 

Sovuq qurolli janjalda jabrlangan yana bir talaba – Rahmatilla Yorqoriyev ham JKning 277-moddasi, ya'ni bezorilik alomatlari bo‘yicha ochilgan jinoiy ishga aloqador bo‘lgan. Ayni vaqtda mazkur ish Chilonzor tuman sudida ko‘rilmoqda. 

Shu yilning 6 oktabrida kursdoshlariga og‘ir tan jarohati yetkazgan Saidkamron Saidvaliyev esa shu paytga qadar biror jinoyat sodir etmagan, ammo Saidvaliyev, Parpiboyev va Yorqoriyev ham ma'lum bir ishlari uchun kollejning ichki ro‘yxatida bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: