Mail.Ru Group xodimlari O‘zbekistonda IT bo‘yicha darslar o‘tkazadi

Fan-texnika 17:21 / 11.10.2017 4004

Mail.Ru Group xodimlari Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekiston maktablarida IT bo‘yicha darslar o‘tkazadi.

Asosiy maqsadlar – maktab o‘quvchilariga o‘z professional kelajagini aniqlashtirib olishga yordam ko‘rsatish, ularni sifatli ta'lim olishga rag‘batlantirish, raqamli iqtisodiyot uchun malakali kadrlar tayyorlash. Aktsiya 13 oktabr kuni Rossiyaning 34 mintaqasi, shuningdek, Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan.

«IT-bilimlar Kuni» aksiyasi doirasida Mail.Ru Group xodimlari o‘zlari ta'lim olgan o‘quv muassasalarida IT-sohaning hozirgi hamda kelajakdagi holatiga bag‘ishlangan taqdimot darsini o‘tkazishadi. O‘quvchilar bugun mehnat bozorida aynan qanday IT-mutaxassislarga ehtiyoj borligi, hamda 10-15 yildan so‘ng bu vaziyat qanday o‘zgarishi, o‘zining IT-biznesini qanday yaratish hamda raqamli hayotga moslashish uchun texnologiyalar haqida nimalarni bilish muhimligi borasida ma'lumot olishadi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: