Fotoreportaj: Maktab formalarining yangi namunalari namoyish etildi

O‘zbekiston 21:50 / 11.10.2017 83251

11 oktabr kuni "O‘zbekengilsanoat" AJ binosida eskizlar asosida ishlab chiqilgan maktab formalari namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.  Ko‘rgazmada "Sharq liboslari dizayn markazi" hamda "O‘zbekengilsanoat" AJ tizimidagi korxonalar tomonidan eskizlar yaratilib, namunalar asosida ishlab chiqildi.

Tadbirda "O‘zbekengilsanoat" AJ tizimidagi 50ta trikotaj mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalardan 12tasi o‘z tayyor mahsulotlari bilan ishtirok etishdi. Ular orasida "Sharq liboslari dizayn markazi", "Istiqlol tekstil" (Ideal), "Jannati Bibixonim", "High Fashion Group", "Koson universal", "Cotton Road", "Bagira Tex", "Gulmira Tekstil", "EKO planeta", "Ferangiz Fashion", "Urganch Bahmal", "Tumaris Tekstil" kabi korxonalarni uchratish mumkin. 

Ko‘rgazma davomida bolalar turli yoshlarga mo‘ljallangan bahor, kuz va qish mavsumiga mos maktab formalarini namoyish qilishdi. Kun.uz muxbiri mazkur tadbirda ishtirok etib, yangi maktab formalari namunalaridan fotoreportaj tayyorladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: