Farg‘onada profilaktika inspektorlari qasamyod qilishdi, ularga uy va avtomashina kalitlari topshirildi

O‘zbekiston 19:45 / 11.10.2017 14781

Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi tomonidan 7 oktabr kuni Farg‘ona shahrining I.Karimov nomidagi San'at saroyining ochiq maydonida viloyat IIB tayanch punktlarining 120 nafar profilaktika inspektorini qasamyodga keltirish, ularga xizmat uylari va imtiyozli ravishda berilayotgan shaxsiy avtomashinalar kalitini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi, dleb xabar berdi KUN.UZ’ga boshqarma matbuot xizmati.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi hukumati a'zolari, davlat boshqaruv organlari va viloyat hokimligi rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari, profilaktika inspektorlarining ota-onalari, oila a'zolari ishtirok etishdi.

Dunyoda insonning hayotidan, uning tinchligidan ham azizroq, muhimroq narsa bo‘lmasa kerak. Bugungi davrda ichki ishlar organlari xodimlari, ayniqsa, profilaktika inspektorlari Vatan kelajagi va istiqboli uchun daxldorlik hissi bilan yashashi, yurtiga fidoiylarcha xizmat qilib, o‘z qasamyodiga sodiq qolgan holda jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta'minlashga o‘z hissasini qo‘shishi lozim. Fuqaro najot istab avvalambor uning oldiga shoshadi. Ana shunday damlarda ichki ishlar organi xodimi, ayniqsa, profilaktika inspektoridan kuchli sabr-toqat, mehr-oqibat, matonat, yuksak ma'naviyat talab etiladi.

Ana shu talabdan kelib chiqib, prezident farmoni asosida joylardagi profilaktika inspektorlari soni oshirilib, ular uchun qulay sharoitlarga ega bo‘lgan ichki ishlar organlari tayanch punktlari tashkil etildi.

Shuningdek,profilaktika inspektorlari nufuzini oshirish va xizmatni samarali o‘tashlarini ta'minlash maqsadida zarur kommunal-maishiy sharoitlarga ega bo‘lgan, zamon talablari va standartlariga to‘la javob beradigan qulay xizmat uy-joyi bilan ta'minlash maqsadida prezident qarori qabul qilindi. Ushbu qaror talablari asosida profilaktika inspektorlariga o‘zlari xizmat qilayotgan hududdan oila a'zolari bilan yashashlari uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan xizmat uylari ajratilmoqda.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan uzoq muddatli imtiyozli kredit asosida shaxsiy avtoulovlar olishlari uchun sharoit yaratildi.

Islom Karimov nomidagi San'at saroyining ochiq maydonida el-yurt tinchligi va osoyishtaligini ta'minlashdek sharafli, shu bilan birga mas'uliyatli xizmatni o‘tashga qasamyod qilish uchun qad rostlab turgan navqiron, mard, jasur profilaktika inspektorlariga har bir kishi havas bilan qarayotgani aniq. Bu esa ularga g‘urur va iftixor bag‘ishlashi bilan birga, mas'uliyatlarini ham oshiradi.

Bugun, mana shunday quvonchli va hayajonli damlarda, ichki ishlar organlarining har bir profilaktika inspektori xalq va prezidentga sodiq bo‘lishga mardonavor ravishda qasamyod qildi. Aminmizki, ular zimmasidagi mas'uliyatni chuqur his etib, el-yurt tinchligi, osoyishtaligini himoya qilishdek muqaddas burchni sharaf bilan ado etadilar.

Ko‘proq yangiliklar: