Aktyor Robert Dauni "O‘rgimchak-odam" filmidagi ishtiroki uchun aqlbovar qilmas gonorar oldi

Jamiyat 00:09 / 11.10.2017 27265

Amerikalik aktyor kenja Robert Dauni "Temir odam" rolini ijro etgani evaziga bir necha yil ichida dunyoning eng katta haq oluvchi aktyorlaridan biriga aylandi. Unga "O‘rgimchak odam" filmining yangi qismiga to‘langan gonorar inobatga olinsa, uni ehtimol dunyoning eng katta haq oluvchi aktyori desa bo‘ladi. Robert "O‘rgimchak odam: Uyga qaytish" filmidagi 8 daqiqalik ishtiroki uchun 15 mln dollar oldi, ya'ni uning ekrandagi har bir daqiqasi 1,8 mln dollar turgan. 

Boshqa kim ham shunday kichik rol uchun bunday katta gonorar olgani bilan maqtana oladi?

Ta'kidlash joizki, yaqinda ekranlarga chiqqan ushbu film dunyo prokatida 875 mln dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ko‘proq yangiliklar: