Forbes'dan eng jozibador ish beruvchi kompaniyalar reytingi

Light 19:20 / 11.10.2017 9086

Amerikaning Forbes jurnali 2017 yilning eng jozibador ish beruvchi kompaniyalari top-500 reytingini taqdim etdi. Unga ko‘ra, 72 ming xodim faoliyat yurituvchi Alphabet 2017 yilning eng jozibador kompaniyasi deb topildi. 

Ikkinchi o‘rinni - Microsoft, uchinchi o‘rinni esa - Japan Exchange Group Tokio fond birjasi operatori egalladi. Jurnal reytingning ilk uchligi yetakchilarini xodimlar uchun "eng jozibador" kompaniyalar deb atadi.

Reytingda amerikalik ish beruvchi kompaniyalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ro‘yxatdagi 500 ishtirokchining 157 tasi - AQSh kompaniyalari. Top-10 reytingidagi kompaniyalarning oltitasi AQShga tegishli: Alphabet, Microsoft, Apple, Noble Energy, Williams va IBM.

Foto:vc.ru

Eng jozibador kompaniyalar reytingi Statista kompaniyasi tomonidan tahlil qilingan 36 ming global tavsiya asosida tuzildi. Xodimlardan o‘z ish beruvchisiga baho berish va uni qarindosh yoki do‘stlarga tavsiya qilish ehtimolini baholash so‘raldi. Shuningdek ularga yoquvchi boshqa ish beruvchilar nomini aytish ham so‘raldi.

Foto:vc.ru
Ko‘proq yangiliklar: