Tojikiston delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston 21:17 / 10.10.2017 11421

O‘zbekistonda uzoq yillardan beri birinchi marta Tojikiston madaniyat kunlari o‘tkaziladi. Bu tadbir 10-14 oktabr kunlarida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Shu munosabat bilan O‘zbekistonga kelgan Tojikiston ijodiy delegatsiyasi ushbu kunlarda mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari, madaniy meros obektlari va tarixiy obidalariga tashrif uyushtiradi. Qo‘shni davlat delegatsiyasi tashrifi doirasida bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, tadbirning ilk kunida soat 11:00dan soat 12:00ga qadar O‘zbekiston tasviriy san'at galereyasida «Zamonaviy Tojikiston» fotoko‘rgazmasi va tojik xalq hunarmandchilik mahsulotlari namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Shu kunning o‘zida soat 19:00dan soat 20:30ga qadar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatrida tantanali ochilish va konsert dasturi ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ikkinchi kuni, soat 16:30dan soat 18:00gacha Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida «Istinnyy polden» filmi namoyishi o‘tkaziladi. Kechki dasturdan esa (soat 18:00dan soat 19:30gacha) O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkaziladigan Tojikiston san'at ustalarining konserti o‘rin olgan.

Ko‘proq yangiliklar: