Porsche savdo belgisi Audi kompaniyasidan «dizelgeyt» uchun 200 mln yevro talab qildi

Fan-texnika 13:30 / 10.10.2017 6088

Germaniyanin Volkswagen konserni tarkibiga kiruvchi Porsche kompaniyasi Audi kompaniyasidan «dizel mojarosi» bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashni talab qildi. U dvigatellar dasturiy ta'minotini yangilash, huquqiy maslahat va mijozlarga zararlarni to‘lashning miqdorini 200 mln yevroga baholadi, deb yozmoqda Bild gazetasi.

2015 yil noyabr oyida Audi 3.0 l V6 dvigatellarida aldovchi dasturiy ta'minotlarni qo‘llaganini tan olgan edi. Ayni motor Porsche Cayenne krossoveriga ham o‘rnatiladi. Shundan so‘ng, AQSh adliya vazirligi Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EPA) talabiga ko‘ra, Volkswagen konserniga da'vo kiritdi va 600 mingdan ortiq avtomobilni qaytarib olishni talab qilgan edi. 

2017 yil yozida Germaniya hukumati ham Porsche kompaniyasini 22 ming dona krossoverini qaytarib olishni va ularning motorini qayta dasturlashni talab qildi. Deutsche Umwelthilfe (DUH) ekologik tashkiloti esa undan 110 million yevro jarima undirishni so‘radi. 

Ko‘proq yangiliklar: