AQShda o‘qotar qurol bilan yana bir jinoyat sodir etildi – talaba politsiyachini otib tashladi

Jamiyat 08:21 / 10.10.2017 5813

Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘qotar qurol bilan bog‘liq yana bir qotillik sodir etildi. Bu safar talaba politsiyachini otib tashladi. 

KCBD telekanalining xabar qilishicha, AQShning Texas texnologiya universiteti talabasi politsiya uchastkasi hududida huquqni muhofaza qilish idorasi xodimiga o‘q uzgan. 

Universitet rahbariyatiga ko‘ra, 19 yoshli talaba Xollis Deniels, uning xonasida giyohvand modda topilganidan so‘ng, politsiya uchastkasiga olib kelingan. Talaba bu yerda pistoletni olib, politsiyachini otgan. U voqea joyida halok bo‘lgan. Shundan so‘ng, jinoyatchi yashiringan. 

Universitet atrofi o‘rab olingani aytilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: