Tramp Eronni Shimoliy Koreyaga moliyaviy ko‘mak berishda aybladi

Jahon 09:50 / 08.10.2017 8662

AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Eron Shimoliy Koreyaga moliviy ko‘mak beradi va Pxenyan bilan savdo olib boradi. U bu haqda jurnalist Mayk Xakabiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

"Ishonchim komilki, Eron Shimoliy Koreyani moliyalashtiradi, Tehron Pxenyan bilan savdo-sotiq olib boradi va Shimoliy Koreya bilan birga ishlaydi. Bunga mutlaq yo‘q qo‘yib bo‘lmaydi", deb aytgan Tramp.

Trampning fikricha, Tehron Eron yadroviy kelishuvi bandlarini buzmoqda. Bundan tashqari, Tramp Tehronni Yaqin Sharqda muammolar tug‘dirishda aybladi. "Eron yomon o‘yinchi va u bilan yomon o‘yinchidek muomala qilinadi", deb qo‘shimcha qilgan Tramp.

5 oktabrda The Washington Post nashri Tramp yaqin kunlarda Eron bilan erishilgan yadro bitimini bekor qilishi mumkinligini ma'lum qilgandi. Nashr manbalarining ta'kidlashicha, Tramp bu butimni AQSh manfaatlariga mos kelmaydi, deb hisoblamoqda. Nashr fikricha, voqealarning bunday tus olishi Eronga qarshi sanksiyalar kiritish siyosatiga qaytishga olib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: