Ganada yoqilg‘i quyish shoxobchasi portladi, qurbonlar bor

Jahon 16:00 / 08.10.2017 6126

Ganadagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash ro‘y berishi oqibatida 6 kishi halok bo‘lib, 45 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda mamlakat axborot vazirligiga asoslangan holda GhanaWeb portali xabar berdi.

Portlash shanba oqshomida ro‘y bergan. Hodisaga ovqat tayyorlash uchun ochiq olovdan foydalanilgani sabab bo‘lgan. Birinchi portlashdan keyin yo‘ldagi avtomobillar orqali yong‘in boshqa yoqilg‘i quyish shoxobchalariga ham o‘tgan.

O‘t o‘chirish xizmati ma'lumotiga ko‘ra, 3 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, yana 3 kishi shifoxonaga olib borilgach jon bergan. Ayni vaqtda turli darajada tan jarohatlari olgan 35 kishi shifoxonalarda qolmoqda. Ularning 4 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Olov kamida 20ta avtomobilni butunlay yo‘q qilgan. Xavfsizlik choralari sifatida yaqin atrofda joylashgan maktablardan o‘quvchilar evakuatsiya qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: