Atlas Mebel – 7 oktabrda yirik mebel majmuasi ochiladi

Light 09:40 / 06.10.2017 21098

Tantanali ochilish munosabati bilan 10 kun mobaynida har kuni mehmonlarda mebel va interer jihozlaridan iborat qimmatbaho sovg‘alar yutib olish imkoniyati mavjud.

Atlas Mebel 

Mebelni tanlash murakkabligi 
Ko‘pchilikka yaxshi ma'lumki, aksariyat kishilar mebel qidirganda murakkabliklarga duch keladi? Bundan tashqari, mebel salonlari shahar bo‘ylab tarqab ketgan. Birgina mebel narxlari va turlarini qidirib shaharning u chekkasidan bu chetiga kelishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun esa, ko‘p vaqt talab etiladi – poytaxt aholisining esa vaqti kam. Yozgi jazirama va qishning qahraton sovug‘ida mebel qidirish ham ancha toliqtiruvchi ishlardan. Natijada, tanlovingiz biron-bir mebelda to‘xtaydi, ammo u haqiqatdan ham sizga yoqqani uchun emas, balki ortiqcha kuch va vaqt qolmagani uchun shunday qilishga majbur bo‘lasiz. 

Atlas Mebel majmuasining konsepsiyasi
Atlas Mebel majmuasining konsepsiyasi poytaxt aholisining  mebel tanlash va qidirish bilan bog‘liq muammosini  hal etadi. Endilikda xaridor har xil do‘konlarni aylanib, qimmatli vaqtini yo‘qotishi va asabini buzishga o‘rin yo‘q. Atlas Mebel– bu haqiqiy mebel shahridir. 10 000 kvadrat metr maydonda 30 ta xorijiy hamda mahalliy mebel va interer mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar, xususan Istiqbol, Inter Mebel, Ixlos Mebel, Mebel House, Bella Casa va boshqalarning mahsulotlari namoyish etiladi. 
Atlas Mebel «Chilonzor» metro bekatidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan. Tashrif buyuruvchilar uchun 280 avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh ham barpo etilgan. Keng majmua markazlashtirilgan havoni mo‘'tadillashtiruvchi sovutish tizimiga ega bo‘lib, qulay xaridlarni amalga oshirish uchun barpo etilgan. 

Atlas Mebel 

Atlas Mebel ochilishi
Atlas Mebel majmuasining ochilish marosimi 7 oktabr kuni soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi. 8 oktabrdan 17 oktabrgacha mebel majmuasiga tashrif buyuruvchilarning barchasida omadini sinab ko‘rish va qimmatbaho mebel va interer jihozidan birini yutib olish imkoni bo‘ladi. Kelgusida bu kabi mebel majmualarini O‘zbekistonning barcha mintaqalarida ochish rejalashtirilgan. 

Atlas Mebel 

Ish tartibi: 9:00 dan 20:00 gacha dam olish kunlarisiz
Ma'lumot uchun telefon: +998951466663  
Facebook rasmiy sahifasi: fb.com/atlasmebeluz
Instagram rasmiy sahifasi: @atlasmebeluz
Manzil: Uchtepa tumani, 26-mavze, M. Shayxzoda ko‘chasi, 1A uy
Manzilga yaqin joy: Sutni qayta ishlash fabrikasi, Aygen do‘koni.

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: