Rossiyada eng ommabop bo‘lgan xorijiy avtomobillar ma'lum qilindi

Fan-texnika 08:41 / 05.10.2017 17249

Rossiyalik haydovchilar yapon mashinalarida harakatlanishni afzal ko‘rishadi. Bundan  "Avtostat" tahlil agentligi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari darak bermoqda.

Rossiyada 25 milliondan ziyod yengil xorijiy mashinalar ro‘yxatga olingan, ular orasida "yaponlar" ulushi 37 foizni (9,4 million) tashkil etadi. Ulardan so‘ng Koreya avtokonsernlari bor, ularning parki 4,3 mln. avtomobilni (jami sondan 17%) tashkil etadi. Uchinchi o‘rinni esa nemis ishlab chiqaruvchilari (4,2 million mashina) egallaydi.

Keyingi pog‘onalardan amerikaliklar (3,1 million) va fransuzlar (2,1 million) avtomobili joy olgan. Chexiya va xitoylik markalarga avtomobil parkining 3 va 2 foizi tegishli. Boshqa brendlarning ulushi esa 1,5 foizni tashkil qiladi.

Avvalroq, "Avtostat" boshqa bir tadqiqoti natijalarini e'lon qilgandi. Unga muvofiq, 2017 yilning 1 iyul holati bo‘yicha Rossiyadagi eng mashhur xorijiy avtomobilga Ford Focus aylandi. Reytingda ikkinchi o‘rinni Toyota Corolla, uchinchi pog‘onani esa - Hyundai Solaris egalladi.

Ko‘proq yangiliklar: