Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nuqtiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 20:05 / 05.10.2017 9047

2017 yilning 5 oktabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 18-20 sentabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi mazmun-mohiyati va ahamiyatini yanada chuqur o‘rganish, bu boradagi targ‘ibotni kuchaytirish maqsadida “Tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi dolzarb tashabbuslarni qo‘llab-quvatlaymiz” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda taniqli fan va san'at arboblari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, hududiy birlashmalar, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari mutasaddilari, faollar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. 

Foto: O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati

Davra suhbatida ta'kidlanganidek, prezidentning tarixiy nutqi mazmundorligi va ahamiyati bilan alohida ajralib turgani, qisqa bo‘lishiga qaramay, nutq zamonamizning eng dolzarb mavzularini qamrab olgani dunyo hamjamiyatining e'tiboriga sazovor bo‘ldi hamda uning ahamiyati horijiy davlatlar rahbarlari, dunyo yetakchilari, yirik siyosatchilar, taniqli olimlar, ko‘zga ko‘ringan xalqaro ekspertlar tomonidan e'tirof etilmoqda. 

Foto: O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati

Davra suhbati davomida so‘z olgan kasaba uyushma faollari xalqaro miqyosdagi nufuzli anjumanda O‘zbekiston rahbarining katta shijoat va jasorat bilan BMT minbaridan turib bildirgan teran fikr-mulohazalari, asrimizning eng dolzarb masalalarini hal etish bo‘yicha ilgari surgan olamshumul taklif va tavsiyalari tom ma'nodagi jasorat namunasi bo‘lganini ta'kidladilar.

Ko‘proq yangiliklar: